AQSh O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilayotganini qayd etdi

AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berish sohasida ko‘rilayotgan choralarga munosib baho berdi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. AQSh Davlat departamenti 20-iyun kuni e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga barham berish sohasida jiddiy choralar ko‘rilgan.

Adliya vazirligi majburiy mehnat qonun bilan taqiqlanganini eslatdi

Hisobotda,xususan, paxta teruvchilar mehnat haqi oshirilgani, davlat xizmatchilarining ushbu ishga jalb qilishga chek qo‘yilgani, bolalar mehnatiga cheklov qo‘yilgani va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari faoliyatiga hech kim to‘sqinlik qilmayotgani qayd etilgan.

Hisobotda shuningdek, fuqarolarni majburiy jamiyat ishlariga yollmaslik haqida qabul qilingan qonunlar ham aytib o‘tilgan.

Shuningdek, Mehnat vazirligi tomonidan olib borilayotgan majburiy mehnatga barham berish va xorijda ishlayotgan mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat ham aytib o‘tilgan.

Ushbu maqsadda Rossiya va Janubiy Koreyada Mehnat vazirligining vakolatxonalari ochilgan. O‘tgan davr mobaynida ular xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan 950 nafar fuqarolarga vataniga qaytishga yordam berishdi, deyilgan xabarda.