TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekiston diniy erkinliklar bo‘yicha holatni yaxshiladi, deya bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Pompeo so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p, ammo 30-yil deganda birinchi marta mamlakat alohida tashvishlanishga asos qoldirmayapti.
AQSh davlat kotibining aytishicha, O‘zbekistonda AQSh taxminiga ko‘ra, diniy kelib chiqishi tufayli qamoqda ushlab turilgan 50 mahbusni ozodlikka chiqargan va 60 ming nafar fuqarodan xorijga chiqish ta’qiqini olib tashlagan.
Pompeo O‘zbekistondan kelajakda ham xuddi shunday qadamlarni, xususan ota-onalarga masjidlarda farzandlari bilan birga namoz o‘qishga ruxsat berilishini kutib qolishini aytgan.