NATO Rossiya bilan harbiy mojaro ehtimoliga baho berdi

NATO boltiqbo‘yi davlatlarida harbiylar sonini oshirish bilan birga, oldingi pozitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha mavjud kelishuvlarni to‘ldirmoqchi
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya va NATO o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelishi ehtimoli oz, lekin bo‘lishi mumkin, deyiladi NATOning mudofaa kolleji tayyorlagan "Boltiqbo‘yi ahamiyati. NATO shimoli-sharqiy chegaralari himoyasi" bayonotda.

NATO mashq boshladi: Rossiya “uchar radarlari” Qora dengizni nazorat qiladi

Hujjatda ta’kidlanishicha, Boltiqbo‘yiga yanada ko‘proq amerika qo‘shinlarini yuborish kerak, chunki Boltiqbo‘yi davlatlari Moskva uchun "Yevropa xavfsizligi arxitekturasini yo‘q qilish usuliga" aylanishi mumkin, deb yozadi doklad muallifi.

"So‘nggi o‘n yilda Rossiya Federatsiyasi Yevropa xavfsizligi arxitekturasini yo‘q qilish istagini namoyish qildi. NATO va Rossiya o‘rtasidagi harbiy mojaro yuz berishi ehtimoli past, ammo bunga ehtimol sifatida qarab bo‘lmaydi. Bunday xatarlarni pasaytirish, NATOning Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi "ushlab turish" salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun boltiqbo‘yi yerlariga amerika qo‘shinlarini yuborishni kuchaytirish lozim. Harbiylar sonini ko‘paytirish bilan birga, oldingi pozitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha mavjud kelishuvlarni to‘ldirish kerak", - deya fikr bildirgan hujjat muallifi.

Sal oldinroq AQSh kongressi hali ham sovet qurol-aslahalaridan foydalanishda davom etayotgan, NATO a’zosi bo‘lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, amerika texnikasini xarid qilishlari uchun kredit berish taklifini ilgari surgan edi. Qonun chiqaruvchilar fikricha, alyans bo‘yicha ittifoqdoshlar Moskvaga to’be, negaki ular Rossiyadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga majbur.