O‘zbekistonda turizm yanada rivojlanadi

Senatning yalpi majlisida “Turizm to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Oliy Majlisning yuqori palatasi Senat yangi tahrirdagi "Turizm to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

MOda yetakchi: O‘zbekiston musulmon-sayyohlar uchun eng jozibador mamlakatga aylandi

Qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Qonunda, turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, turizmning shakllari va turlari, turistik industriyasi va undagi xizmatlar turlari, turistik zonalar va turistik klasterlar, turizm sohasidagi faoliyatni amalga oshirish shartlari, turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilishning xususiyatlari, shuningdek, turizim sohasi subyektlarining huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.

Turistik politsiya xodimlari avvalombor rus tilini bilishi kerak - IIV