Haqiqiy durdonalar qanday yaratiladi?

Sputnik

Yog‘och o‘ymakorligi, ya’ni yog‘ochga o‘yma usulda naqsh solish san’ati amaliy san’atning qadimiy turlaridan hisoblanadi. O‘zbek xalqi nafosat bobida erishgan yutuqlardan biri sifatida mashhurdir.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri toshkentlik o‘ymakor usta Javlon Umarov ustaxonasiga tashrif buyurib, yog‘och o‘ymakorligi sirlari bilan yaqindan tanishdi.

1 / 12
Tayyorlangan yog‘och yuzasiga qog‘oz yelimlanib, unga naqsh chiziladi, keyin esa asboblar yordamida o‘yiladi.
2 / 12
Naqsh qanchalik ehtiyotkorlik va did bilan o‘yilsa, tayyor bo‘lgan mahsulot shunchalik nafis bo‘ladi.
3 / 12
Usta naqsh chizib, o‘yib bo‘lgandan so‘ng uni loklaydi.
4 / 12
Usta naqsh chizib, o‘yib bo‘lgandan so‘ng uni loklaydi.
5 / 12
Yog‘och o‘ymaga chiroyliligi, tuzilishi va rangi bilan mos bo‘lishi kerak
6 / 12
Usta bir muncha vaqt o‘tgach yog‘ochni yana bir marta loklaydi.
7 / 12
Llok berilganda uning nafis hamda go‘zalligi ko‘zga yaqqol tashlanadi.
8 / 12
O‘ymakor usta Javlon Umarov o‘z ustaxonasida.
9 / 12
O‘ymakor usta Javlon Umarov o‘z ustaxonasida.
10 / 12
Usta Javlon Umarov aytishiga qaraganda yog‘och o‘ymakorligida asosan yong‘oq daraxtidan foydalaniladi, chunki ushbu yog‘och murakkab naqshlar tushirilganda ham yorilib ketmaydi.
11 / 12
Usta ish murakabligiga qarab, har bir san’at asarini yaratish uchun o‘zining ikki haftadan to ikki oygacha vaqtini sarflaydi.
12 / 12
Ushbu kasbning asosiy siri – qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqishi kerak. Mehr berib ishlash kerak.