Urush yoqasida: Tramp Eronga zarba berish haqida buyruq berganini tan oldi

Harbiy zarba berishga o‘n daqiqa qolganda Donald Tramp o‘z fikridan qaytgan.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga harbiy zarba berish haqida buyruq berganini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Eron AQShning razvedka qiluvchi qurilmasini urib tushirganini ma’lum qildi

“Kecha kechqurun biz qasos olishga tayyor edik – turli uch obyektga zarba berishga, lekin men necha kishi halok bo‘ladi deb so‘radim. 150 kishi, ser, deb javob berdi menga general. Zarba berishga o‘n daqiqa qolganda men uni to‘xtadim”, - deya yozgan Amerika yetakchisi Donald Tramp o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

U Amerika qurolli kuchlari “dunyodagi eng yaxshi” ekani, lekin u hozircha shoshmasligini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron AQShning radvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk uchuvchisiz uchish qurilmasini (dron) urib tushirganini ma’lum qildi. Qurilma Hormozgon viloyatining Qo‘hi muborak tumanida havo chegaralarini kesib o‘tgandan so‘ng urib tushirilgan. Donald Tramp bu hodisaga munosabat bildirib, Eron juda katta xatoga yo‘l qo‘yganini ma’lum qilgandi.