Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llaganda Konorning yuragini sug‘urib olmoqchi bo‘lgan

Instagram UFC Russia sahifasida Habib Nurmagomedov Makregorni bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashi aks etgan suratni joylashtiradi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Rossiyalik yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov Instagram UFC Russia sahifada yozilgan postga izoh yozdi.

Ushbu sahifa obunachilardan biri Habib Nurmagomedov Makregorni bo‘g‘uvchi usulni qo‘llashi aks etgan suratni joylashtiradi.

Muallif bu foto-surat ostida “shu holatda his-tuyg‘ularingiz haqida yozing” deya murojaat qilgan.

Bu post ostida “Yurakni sug‘urib olish”, - deb yozdi Nurmagomedov.

O‘tgan yil 6-oktabrda aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi bo‘lib o‘tgandi. Habib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Biroq keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Shu yil 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Komissiya qaroriga ko‘ra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7-sentabrda Abu-Dabida Habib Nurmagomedov va amerikalik Dastin Porye o‘rtasida jang bo‘lishi haqida xabar bergandik.