TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. “O‘zbektelekom” simsiz internet tezligini qanday oshirish mumkinligini ma’lum qildi.
Kompaniya xabarida simsiz aloqa ulanish tezligi juda ko‘p turli omillarga bog‘liq bo‘lishi, imkon qadar, router va abonent qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday to‘siq (devorlar, to‘suvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bo‘lmagani ma’qulligi qayd etilgan.
“Wi-Fi routerining texnik ko‘rsatkichlari va uning sozlamalariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2,4 GGs (802.11n)
standartini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/sdan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
“O‘ztelekom” 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beruvchi Wi-Fi routerlarni xarid qilishni tavsiya qilgan. Bunday holda tezlik 5 GHz chastotada simsiz tarmoqqa nisbatan amal qilish davri ancha kamroq bo‘lsa-da, tezlik yuqori bo‘ladi.
“Agar siz ikki diapazonli routerdan foydalansangiz, provayderga to‘lovni amalga oshiradigan 100 Mbit/s. tezlikda ulanishning to‘liq salohiyatini ochish mumkin. Shuningdek, gigabit portlari (tezligi WAN i LAN – 1 Gbit/s)ga ega routerni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin”, - deya xulosa qilingan xabarda.
Internet tezligini qanday oshirish mumkin?
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda internet tezligi bilan bog‘lik jiddiy o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 9-yanvardagi nutqidan boshlangan edi. Unda prezident O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulanish narxini pasaytirish, shuningdek, ulanish tezligini oshirish, 2020-yilgacha MDH mamlakatlari darajasiga yetkazish topshirig‘ini bergan edi.