Xitoy Tojikiston alyuminiy zavodiga 545 million dollarlik investitsiya kiritadi

Tojikistondagi “Talko” kompaniyasi zavodi ikki yilda modernizatsiya qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Xitoyning China Machinery Engineering Corporation davlat korxonasi Tojikistonda “Talko” alyuminiy kompaniyasining modernizatsiyasi bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi. 

Tojikiston va O‘zbekiston yil davomida qanday yutuqlarga erishdi?

Loyiha ikki yilga mo‘ljallangan, qiymati 545 million dollarni tashkil qiladi.

Modernizatsiya davomida Xitoy tomoni alyuminiy ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming tonnaga yetkazish rejalashtirmoqda.

Xitoy qanday shartlarda “Talko”ga sarmoya kiritishi hozircha noma’lum.