Rossiya va Belarus birlashadimi? Putin javobi

Vladimir Putin Rossiya va Belarusning birlashishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. Rossiya va Belarusning birlashib, yagona davlat vujudga keltirish rejalari yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti “Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” davomida ma’lum qildi.

Rossiya va Belarus birlashib, Katta Rossiya vujudga keladimi?

“Bugungi kunda Rossiya va Belarusning bir davlat bo‘lib birlashish rejasi yo‘q. Gap Ittifoqdosh davlat tuzish to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish haqida bormoqda. Bu yagona davlat degani emas”, - dedi Rossiya rahbari.

Rossiya yetakchisi hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan bu shartnomaga qaytishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Shuningdek, amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya va Belarus ittifoqchilikni yanada chuqurlashtiradi

Uning fikriga ko‘ra, ancha ishlar bajarilgan, lekin bu hali yetarlicha emas.

Ilgariroq Sochida Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng Aleksandr Lukashenko ushbu mazmundagi savolga "biz birlik, urinishlarimizni, davlatlarni va xalqlarni birlashtirishda siz qanchalik tayyor bo‘lsangiz, shunchalik oldinga qadam qo‘yishga tayyormiz. Gapimga quloq soling, biz ertagayoq birlashishimiz mumkin, bizda muammo yo‘q, lekin sizlar, rossiyaliklar va belaruslar bunga tayyormisiz?" deya ritorik savol bilan murojaat qilgandi.