Qozog‘istonda An-2 samolyoti qulab tushdi

Qozog‘iston poytaxtidan 125 km uzoqlikda joylashgan hududda An-2 samolyoti halokatga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. An-2 samolyoti Akmola viloyatida halokatga uchradi. Samolyot piloti halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Norozilik namoyishlarda mingga yaqin kishi qo‘lga olindi – Qozog‘iston Bosh prokuraturasi

Xabarda aytilishicha, hodisa bugun soat 10-00 da sodir bo‘ldi. Akmola viloyatida joylashgan dalada kimoviy ishlov berish jarayonida An-2 samolyoti qulab tushdi.

Hodisa oqibatida pilot halok bo‘ldi, ikki nafar ekipaj a’zolari jarohatlandi. Ular shifoxonaga yotqizildi.

Halokat sabablari va halok bo‘lgan kishining shaxsi aniqlanmoqda.