TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O.B.Murodovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etish to‘g‘risida prezident farmoni imzolandi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq:
Otabek Baxritdinovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etilsin”, - deyilgan xabarda.
Otabek Murodov 2018-yilning yanvarida Ixtiyor Abdullayev o‘rniga bosh prokuror etib tayinlangandi.