Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Yo‘ldoshevni Bosh prokuror lavozimidan tayinlash to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlash to‘g‘risida prezident farmoni imzolandi.

Otabek Murodov O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq:

Nig‘matilla Tulqinovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlansin”, - deyilgan xabarda.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 1962-yil 5-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

2015 yil yanvarda Oliy Majlis Senat raisi lavozimiga saylangan.