Andijon va Termiz aeroportlari nima sababdan yopilgani ma’lum bo‘ldi

Andijon va Termiz aeroportlarining uchish-qo‘nish yo‘laklari va infratuzilmasi yangilanayotgani sababli - parvozlar to‘xtatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” nima sababdan bugungi kunda Andijon va Termiz aeroportlari ishlamayotganini xabar qilishdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

Yerdagi qurilmalar va aerodromlar boshqaruvi departamenti Anton Xodjayan aytishiga qaraganda Andijon aeroporti 2018-yilning oktabr oyidan beri yopilgan.

“Ushbu aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi g‘arbiy samolyotlar qo‘nishi talabiga javob bermaydi. Xususan, biz ichki parvozlar uchun foydalanayotgan A320 samolyotlari uchun”, - dedi Xodjayan.

Undan tashqari ushbu havo darvozasi yangi terminal va infratuzilmaga muhtoj. Hozir esa, uni hech bo‘lmasa bir martalaik parvozlar amalga oshirish uchun, minimal talablar darajasiga yetkazishga harakat qilayapmiz, - dedi mutaxassis.

Termiz aeroportiga kelsak, yaqinda u yerda yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurishga qaror qilindi. Yerdagi barcha infratuzilma ham yangilanishi kerak. Ushbu masalalar hal qilinganidan so‘ng MAK Andtijon aeroporti bilan shug‘ullanishni boshlaydi, deb so‘zini yakunladi kompaniya vakili.