Toshkentda “Kobalt” haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi

Mashina skoroy pomoshi
Haydovchining o‘zi jabrlanuvchini shifoxonaga olib borgan.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda “Kobalt” haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi.

Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto
Toshkentdagi mudhish YTH 22 yoshli qiz va 38 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra,  Mirzo-Ulug‘bek tumani Yuzrabot ko‘chasida Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanib borayotgan fuqaro piyodani urib yuborgan.

“Jabrlanuvchi – 18 yoshli A.X. haydovchining o‘zi tomonidan tibbiyot muassasasiga olib borilib, u yerda unga zarur yordam ko‘rsatildi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tan shikastlari og‘irligi va YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.