Termizda chuqurga tushib ketgan sigir qutqarildi – foto

Fuqaroning sigiri hovlisida qazilgan 5-6 metrlik chuqurga tushib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Termizda 5-6 metrlik chuqurga tushib ketgan sigir qutqarildi.

FVV xabariga ko‘ra, 17-iyun Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchilik guruhiga Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro sigiri hovlisida qazilgan 5-6 metrlik chuqurga tushib ketganligi hamda uni olib chiqishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, boshqarma qutqaruv otradi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir talofatlarsiz chuqurdan chiqarib olingan.