Rossiyaning Su-57 qiruvchisi yangi qurol bilan jihozlanadi

Rossiyaning barcha Su-57 qiruvchi samolyotlari yakson qilish vositalari bilan jihozlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Rossiyaning barcha Su-57 qiruvchi samolyotlari xorijiy samolyotlardan ustun bo‘lgan yakson qilish vositalari bilan jihozlanadi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari bosh boshqarmasi rahbari Anatoliy Gulyayev ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya qiruvchi samolyoti AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qoldi - video

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putil may oyida 2028-yilgacha uchta aviatsiya polkini Su-57 qiruvchisi bilan to‘liq ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

“Su-57 samolyoti paydo bo‘lishi bilan xorijiy ekspertlar uning imkoniyatiga yuqori baho berishdi”, - dedi Gulyayev.

Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti 2010-yilda ilk bor osmonga ko‘rarildi.

Bu turdagi samolyot yuqori manevrli va tezlik parvozni amalga oshirish qobiliyati bilan bir qatorda zamonaviy jihozlar hisobiga raqiblardan ustunligini ta’minlaydi.