Nufuzli xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings Toshkentga "BB-" maqomini berdi

Toshkent shahriga ilk bor kredit reyting darajasi berildi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun -Sputnik. Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings  Toshkent shahrining uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi kredit reytinglari darajasida "BB-" prognozli "Barqaror" maqomini tasdiqladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

"Yangi Toshkent" bosh rejasi taklif etildi

“Ta’kidlash joiz, bu poytaxtimizning mazkur yo‘nalishdagi ilk xalqaro e’tirofidir”, - deyiladi xabarda.

Rossiya federatsiyasi, MDH va Qoradengiz mintaqasi bo‘yicha "Fitch Rating" agentligining mintaqaviy rahbari Dmitriy Surkov tomonidan Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayevga barqaror progonozli  “BB-” suveren kredit reytingini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

Surkovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xalqaro darajadagi e’tirof Toshkentning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi, poytaxt iqtisodiyoti xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.