Navoiy viloyatida G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi

Navoiy viloyati tarkibida viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. “Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Prezident qarori loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Qaror loyihasida aytilishicha, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri va Nurota tumanining chegaralari o‘zgarishi hamda G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etiladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritiladi

Loyihaga G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tartibi hamda yangi hokimlik bo‘linmalarining ro‘yxati hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ilova qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan viloyatga bo‘ysunuvchi G‘ozg‘on shaharlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Loyihani 4-iyulgacha muhokama qilish rejalashtirilgan.