Mehnat vaziri ishsizlar soni eng ko‘p bo‘lgan viloyatlarni sanab o‘tdi

Mehnat vaziri: O‘zbekistonda ishlayotgan aholining 40% - rasmiy 60 - % norasmiy mehnat faoliyati yuritadi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. Ayni damda O‘zbekistonda 1,4 mln kishi rasman ishsiz, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Mehnat vaziri xabariga asosan.

O‘zbekistn bandlk va mehna vaziri Sherzod Qudbiyev ma’lum qilishiga ko‘ra, 2019-yilning 1 kvartalida O‘zbekistonda ishsizlar soni iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 %ni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu  davriga nisbatan 0,3 %ga kam.

Ishsizlik miqdori eng yuqori – 9,7 % bo‘lgan hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridir. Ish izlayotgan aholi soni 1 391 ming kishini tashkil qildi.

Ishsizlar orasida eng ko‘p uchraydigan toifa – bu 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi – 15,3 %ni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilda – 9,7 %ni tashkil qilgan edi. Ayollar orasida ishsizlik darajasi – 13 %ni tashkil qildi.

Vazir ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni 18 954 000 kishini tashkil qiladi. Shundan 13 376 000 kishi ish bilan ta’minlangan.

Ishlaydiganlar orasida 5 403 000 kishi rasman ishlaydi (40,5%). Qolgan 7 964 000 (59,5%) kishi esa norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shundan 2 365 400 kishi xorijda ishlaydi.