MOQ Oksana Chusovitinani tavallud ayyomi bilan qutladi

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina 44 yoshni qarshi olmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi gimnastikachi Oksana Chusovitinani 44 yoshni qarshi olishi munosabatini bilan muborakbod etdi.

Afsonaga aylangan Chusovitina: mashg‘ulot o‘tkazish vaqtida olingan video

“Oksana Aleksandrovna, Sizning shaxsiy hayot va sportdagi faoliyatingizda yosh avlodga namuna qilib ko‘rsatgudek boy tajriba bor. Siz metin iroda sohibi, haqiqiy sport afsonasi va mehribon onasiz”, - deyiladi MOQ tabrigida.

Oksana Chusovitina jahon sportining afsonasi, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni, Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlari kumush medal sovrindori, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “Do‘stlik”, “Mehnat Shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlarining sohibasi, jahon gimnastikasi tarixida yettita yozgi Oliimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona sportchidir.