TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi 2019-yil avgust oyiga rejalashtirilgan, deb xabar berdi Belarus hukumati matbuot xizmati.
"Joriy yil avgust oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda", - deyiladi Vazirlar kengashi rasmiy saytidagi xabarda.
Minskda 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Hukumatlararo komissiyaning ikkiyoqlama hamkorlik bo‘yicha kengashi o‘tkazilgan, unda Belarus bosh vazir o‘rinbosari Vladimir Dvornik ishtirok etgan.
Dvornik o‘z nutqida Minsk Toshkent bilan sanoatkooperatsiyasidan manfaatdorligini ma’lum qildi. Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, oziq-ovqat va farmatsevtika, yengil sanoat sohalari hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
U O‘zbekistonda gazmotor yoqilg‘isida yuradigan yuk texnikasi, maxsus texnika, avtobuslar ishlab-chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni hayotga tatbiq etish taklifini bergan.
Aprel oyida Toshkent viloyatida "Zdravushka Tashkent" qo‘shma korxonasi tashkil etilgan, ushbu loyiha bo‘yicha sut va sut-tovarlari qayta ishlash bo‘yicha zavod qurish rejalashtirmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Mins xuddi shunday loyihalarni O‘zbekistonning boshqa regionlarida ham amalga oshirishga tayyor.