TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Rosstat Rossiyada erkaklar va ayollar o‘rtasidagi eng ommabop kasblarni ma’lum qildi. Bu haqda RT xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilda ayollar ko‘pincha sotuvchi (4,7 million kishi), ta’lim (3,7 million), biznes va ma’muriyatchilik (3,3 million) sohasida mutaxassis bo‘lib ishlashgan.
Erkaklar esa haydovchi yoki mobil uskunalar operatori (6,6 million), metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoati ishchilari (3,8 million) yoki qurilish (2,2 million) sohasi kabi faoliyat turlarini o‘zlariga tanlashgan.
Bundan tashqari, erkaklar o‘rtasida qo‘riqchi (2,2 million) va fan va texnika sohasida mutaxassis (2,1 million) kabi kasblar keng tarqalgan.