Qirg‘izistonda Rossiya traktorlari yig‘iladi: texnikani O‘zbekiston sotib oladi

Texnikani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida bitim aprel oyida imzolandi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. “Dastan” transmilliy korporatsiyada qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqariladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Aprelda Qirg‘izistonning “Dastan” va Rossiyaning “Traktor” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Iyun oyida O‘zbekistonning "DGT 3X MEVA-SBZAVOT KLASTERI" kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Birinchi partiya 10 ta traktor bo‘ladi. Kelgusida ishlab chiqarishni 100 taga yetkazish rejalashtirilgan.