Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Fuqaro uch kishini Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, “xizmati” evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, o‘tgan yilning mart oyida 52 yoshli samarqandlik Mirravshan X. tanishi bo‘lgan 49 yoshli farg‘onalik Husniddin S.ga o‘g‘li va ikki nafar jiyanlarini Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilgan.

Toshkentda egasi vafot etgan uyni 22 500 dollarga pullagan firibgarlar qo‘lga tushdi

O‘z “xizmatlari” evaziga jabrlanuvchidan 1500 dollarni sanab olgan. Ammo firibgar o‘z va’dasida turmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Toshkentda 1,08 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgan tadbirkor qo‘lga olingani xabar qilingan edi.