Gulnora Karimovaning advokati: “Mijozim tez-tez hushidan ketib qolyapti”

Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli haqidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja mijozining ahvoli yaxshi emasligi haqida ma’lum qildi. 

Advokat Twitter᾽dagi sahifasidagi mijozi sog‘ligiga oid xabar yozib qoldirgan.

“Zangiotadan qaytapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i to‘liq bint bilan bog‘langan. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Hushidan ketish holatlari ko‘p kuzatilgan”, - deya yozgan himoyachi.

Bundan tashqari, advokat hukumatdan bu tarzda ushlab turish bas qilinishini so‘ragan.

Imon Karimova DXX raisi va bosh prokurorga xat bilan murojaat qildi

Bir necha kun ilgari Gulnora Karimovaning qizi va O‘zbekistonning birinchi prezidenti Imon Karimovaning nabirasi Imon Karimova o‘zining instagramdagi sahifasida DXX raisi va O‘zbekiston Bosh prokuroriga yo‘llangan xatni e’lon qilgandi.Unda onasiga kerakli tibbiy yordamni olmayotganini, bundan tashqari, go‘yoki Gulnora Karimovaga koloniya xodimlari ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazishayotgani ta’kidlangan.

O‘z o‘rnida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova idora Gulnora Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qilgan. U, shuningek, Karimovaning sog‘ligi borasida ham to‘xtalib, "Gulnora Karimovaga tibbiy xizmat ko‘rsatishda birorta monelik bo‘lmayotganini" ta’kidlagan.