O‘zbekiston TIV Hindistondagi fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda. Qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, asosan bolalardan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston TIV Hindistondagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi .

O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda.

Chexiyada o‘zbekistonlik temir plitaning qulashi oqibatida vafot etdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

“Shu munosabat bilan, Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi”, - deyiladi TIV xabarida.

TIV Hindiston va Bangladeshdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640