Rossiyalik figurachi Medvedeva yangi uslubda raqs ijro etdi – video

Rossiyalik figurachi Yevgeniya Medvedeva Yaponida o‘tkazilgan Fantasy on Ice muz shousida o‘zining yangi raqsi bilan muxlislarni xushnud etdi.
Sputnik

Sportchi xonanda Mey Jeyning Faith qo‘shig‘iga yangi raqs dasturini ijro etdi.

Ko‘rkam raqsni shveysariyalik figurist va murabbiy Stefan Lambyel sahnalashtirdi.

Chiqishning videosi  YouTube tarmog‘ida paydo bo‘ldi.