Qozog‘istonda go‘zallik tanlovi uch nafar g‘olibi turmushga chiqmoqda

Shu yilda “Miss Olma-ota” go‘zallik tanlovi finalchilari to‘y qilishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. “Miss Olma-ota 2017” Sabina Azimbayeva, “Miss Olma-ota 2018” Almira Utegenova va “Miss Qozog‘iston 2014” Regina Vandisheva turmushga chiqmoqda.

Bu xushxabar bilan qizlar o‘z Instagram sahifalarida o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlanishicha, Regina Vandisheva kuni kecha to‘y marosimi Italiyada nishonladi.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘yda qarindosh va yaqin do‘stlar, jumladan, “Miss Rossiya” Sofiya Nikitchuk va “Miss Gruziya” Nuka Karalashvili qatnashdi.

Ilgari bu qizlar birgalikda xalqaro go‘zallik tanlovlarda ishtirok etishdi.