Navoiyda 6 yoshli bolakay eshik panjarasiga tiqilib qoldi

Navoiyda FVB xodimlari eshik panjarasiga tiqilib qolgan bolakayni qutqardi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Navoiyda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari eshik panjarasi orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bolakayni qutqarib olishdi. Bu haqida Daryo viloyat FVV boshqarmasiga asosan xabar berdi.

Navoiy shahri “Navoiy” ko‘chasi 45-uyning 117-xonadonida yashovchi fuqaro Nargiza Bahronova FVV hududiy bo‘linmasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li Daler ehtiyotsizligi oqibatida xavfli vaziyatga tushib qolganini xabar qiladi.

Navoiyda 6 yoshli bolakay eshik panjarasiga tiqilib qoldi

Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar bolakayning onasi va qo‘shnilari uning boshini panjaradan chiqarishga bir necha marotaba harakat qilgan. Besamar harakatlar Dalerning kuchli qo‘rquv va vahimaga tushishga sabab bo‘lgan, buning natijasida bolaning bo‘yni shishgan.

Qutqaruvchilar U.Oblaqulov, R.Qosimov va B.Majidovlar maxsus gidravlik qaychi yordamida panjarani kesib, bolakayni sog‘-salomat onasiga topshirgan.