Medvedev va Aripov hamkorlikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mirziyoyev Putin bilan qaysi dolzarb masalalarni muhokama qildi?

Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va muloqot jadvalini muhokama qilishdi.

“Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov shuningdek ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va hukumatlararo yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muloqot jadvalini muhokama qildi”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari Urganch shahrida 30-may kuni Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.