Istanbulda jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayolning shaxsi aniqlandi

Istanbul shahrida gilamga o‘ralgan ayolning jasadi o‘zbek pasportlari bilan topilgan edi. U O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston TIV Istanbulda jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.

Istanbulda gilamga o‘ralgan ayolning jasadi o‘zbek pasportlari bilan topildi

Mamlakatning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng 2019-yil 30-may kuni Istanbul shahrida (Turkiya) jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlandi.

“Marhuma 1992-yil 31-dekabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.N. bo‘lib chiqdi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etayotgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning  Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgani xabar qilingan edi.