TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Afg‘onistonning G‘azni shahrida kuchli yomg‘irdan so‘ng qadimiy minora qulab ketdi, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, G‘azni shahridagi qadimiy qala 2000-yillik tarixga ega. Dastlab unda 36ta minora bo‘lgan. Yillar daovmida ularning 14 tasi turli urush va tabiat ta’siri, shuningdek qarorvsizlik tufayli vayron bo‘lib ketgan.
G‘azni shahri VII asrga qadar buddiylik gullab-yashnagan shaharlardan biri bo‘lgan. 683-yilda arablar ushbu hududga islom dinini olib kelgan. Undan 6-asr o‘tib G‘azni Chingizxon qo‘shnlari tomonidan yakson qilingan.
Qayd etish joizki, Afg‘onistonda urush va og‘ir iqtisodiy sharoit tufayli tarixiy obidalar birin ketin yo‘q bo‘lib ketayotgani achinarli holdir. Masalan, 2001-yilda tolibon harakati tomonidan 2ta ulkan Budda haykali portlatib yuborilgan edi.