Andijondagi "novostroyka" nima sababdan yongani ma’lum bo‘ldi

Yong‘in o‘chirish ekipajlari soat yetti daqiqada yetib borgan, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yong‘in qurshab olingan va 09-55 da to‘liq bartaraf etilgan
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Andijon shahrida ko‘p qavatli uyning tom qismida yuz bergan yong‘inning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi yonib zararlanganligida, deb xabar bermoqda O‘zbekiston davlat yong‘in xavfsizligi xizmati.

Hayotini o‘t o‘chirishga bag‘ishlagan inson. Jamoliddin Hayitmatov bilan intervyu

Xabarda aytilishicha, 2019-yilning 15-iyun kuni soat 09:10da Andijon viloyati YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Andijon shahar Yoyilma MFY hududida joylashgan 4 qavatli (60 ta xonadonli) 1-uyning tom (chordoq) qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 8 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtoekipajlari va 2 ta avtonarvon yuborilgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari soat yetti daqiqada yetib borgan, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yong‘in qurshab olingan va 09-55 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘indan 1-uyga tutash qurilgan ko‘p qavatli 2-uyning 480 kv.metr maydonda tom qismi saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida 1-uyning 480 kv.metr maydonda yog‘och konstrutsiyalardan qurilib, tunika bilan yopilgan tom qismi yonib zararlangan. Yong‘inning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.