TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida, an’anaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi, deb xabar berdi O‘zA.
ShHT sammiti ishtirokchilari uchun konsertda o‘zbekcha taronalar yangradi
© UzA
Tadbirda ShHTga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.
ShHT sammiti ishtirokchilari uchun konsertda o‘zbekcha taronalar yangradi
© UzA
Madaniyat va san’at xalqlarni yaqinlashtiradigan, o‘zaro anglashuv va do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.
ShHT sammiti ishtirokchilari uchun konsertda o‘zbekcha taronalar yangradi
© UzA
Mehmonlar e’tiboriga mintaqa xalqlari san’atining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, o‘zbekcha kuy-qo‘shiqlar olqishlar bilan kutib olindi.