Putin ShHT davlatlariga G‘alaba yubileyini nishonlashda qatnashishni taklif etdi

Ayni vaqtda Qirg‘iziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ShHTga a’zo barcha davlatlarga G‘alabaning 75-yillik yubiley sanasini nishonlashda ishtirok etishni taklif etdi.

ShHT sammiti ishtirokchilari uchun konsertda o‘zbekcha taronalar yangradi

"Biz Rossiyada yigirmanchi asrning ulkan fojiasi bo‘lgan ushbu hodisa haqidagi xotira va tarixiy haqiqatni asrab qolishga katta ahamiyat beramiz. Xususan, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bo‘yicha sheriklar bilan keng ko‘lamli tantanali tadbirlar dasturlarini rejalashtirmoqdamiz. Va bu yerda ishtirok etayotgan davlatlarga bu ishda qatnashishni taklif qilamiz", - dedi Putin ShHT kengashi majlisi vaqtida.

Rossiya prezidenti bu tadbir ayniqsa yoshlar uchun foydali bo‘lishini ta’kidlagan holda, ShHT Yoshlar kengashi ham G‘alaba yubileyida ishtirok etishiga umid bildirdi.

Putin ShHT majlisida so‘zlagan nutqida, tashkilotga raislik qilish navbati Rossiyaga o‘tishi munosabati bilan, ShHT ishtirokchi-davlatlarini keyingi sammitga taklif etdi.

Tadbir Moskvada 2020-yilda 22-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi xabar qilindi.