Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev ShHTning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev ShHTning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

Ikki davlat prezidentlari xalqaro kun tartibidagi masalalar bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, yetakchilar ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

ShHTga a’zo davlatlar kengashi 14-iyungacha o‘tkaziladi.

Sammitda a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Shuningdek, muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.