MGIMO Toshkent filiali hujjatlar qabul qilishni boshlaydi

Ushbu oliy o‘quv yurtida ta’lim olishga qaror qilganlar 15-iyundan 1-iyulgacha hujjatlar topshirishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Joriy yil 15-iyundan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) Toshkent filiali abituriyentlardan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda filialning rasmiy sayti xabar qildi.

Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini xabar qildi

Ushbu oliy o‘quv yurtida ta’lim olishga qaror qilganlar 15-iyundan 1-iyulgacha bakalavriatning “Biznes-informatika” yo‘nalishi, 15-iyundan 20-iyulga qadar esa magistraturaning “Huquq” va “Biznes-informatika” yo‘nalishiga hujjatlar topshirishi mumkin.

Hujjatlar ro‘yxati, o‘quv yili dasturlari, qabul qilish tartibi va qabul komissiyalari manzillari haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi elektron manzil orqali olish mumkin.

Sentabr oyidan MGIMOning Toshkentdagi filiali faoliyatini boshlaydi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDXMI rektori Anatoliy Torkunov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, talabalar bakalavr va magistr dasturlari bo‘yicha to‘laqonli ta’lim olish imkoniga ega bo‘lishi hamda oliygoh tarmoqli ta’lim shaklini faol yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan edi. U kelajakda ushbu filial nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlat fuqarolari orasida ham shuhrat qozonishiga ishonch bildirgan edi.