Jizzaxdagi qandolat fabrikasida yong‘in sodir bo‘ldi

Oqibatda fabrika binosining 400 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko‘rgan.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Jizzaxda R.Axmurodov ko‘chasidagi “Hamid Olimjon” mahallasida joylashgan “Bonu shirinliklari” kompaniyasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasida yong‘in sodir bo‘ldi.

“Yosh yong‘in o‘chiruvchi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Xabarda aytilishicha, hodisa 12-iyun kuni soat taxminan 20:45 larda sodir bo‘lgan.

Oqibatda fabrika binosining 400 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.