DXM orqali hujjat topshirish mumkin bo‘lgan OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi

Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda bu yil beshta universitetga davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshiriladi.

Bu yildan qator oliy ta’lim muassasalarga abituriyentning joylashishi va yashash joyidan qat’iy nazar, onlayn tarza my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikaning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Toshkentda Rossiya nufuzli universitetining filiali tashkil etildi

Quyidagi ro‘yxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;

2. Qoraqalpoq davlat universiteti;

3. Guliston davlat universiteti;

4. Farg‘ona davlat universiteti;

5. Samarqand davlat universiteti.

Ta’kidlanishicha, DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2ta hujjat so‘raladi:
- fuqarolik pasporti (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.