Amerikalik dunyoda eng katta yirtqich mushuk bilan sayr qildi – shok video

Ligr – erkak sher va urg‘ochi yo‘lbars chatishtirish yo‘li bilan olingan.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. AQShning Mertl-Bich shahrida istiqomat qiluvchi Mayk Xolton ligr bilan sayr qilgani aks etgan videodan keyin juda mashhur bo‘ldi.

Bu rolik bilan jahon OAVlar qiziqib qoldi.

Xolstonning so‘zlariga ko‘ra, bu “dunyoda eng katta mushuk”. Ligrning ismi Apollon. Ligr – erkak sher va urg‘ochi yo‘lbars chatishtirish yo‘li bilan olingan. Uning og‘irligi 319 kilo, yugurish tezligi esa soatiga 60 km.

YouTube bu videorolik yarim million marta ko‘rildi. Obunachilar o‘z izohlarida bu hayvonni 42 ming yil avval qirilib ketgan qilich tishli yo‘lbars bilan solishtirishdi.

Yirtqich odamlar orasida o‘zini bunchalik tinch va xotirjam tutishi barcha foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi.