TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.
Rossiya kuni 12-iyun kuni nishonlanadi. Bu Rossiyadagi eng yosh bayramlardan biri hisoblanadi.
Rossiya kuni bayrami nishonlanadigan sanada ilm-fan va texnologiya, adabiyot va san’at, shuningdek, erishilgan buyuk gumanitar yutuqlar sohalarida Rossiya Federatsiyasining Davlat mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladi.
Taqdirlash marosimi 12-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tadi.