Zelenskiy birdaniga 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi

Vistuplenie prezidenta Ukraini V. Zelenskogo na iForum-2019 v Kiyeve
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 nafar gubernatorni lavozimidan ozod qildi.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 nafar gubernatorni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina prezidenti administratsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Raboshapkaga tayanib xabar qilmoqda.

Prezident RF V. Putin na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy
Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

Ma’lum qilinishicha, Ukraina yetakchisi Odessa, Chernigovsk, Xmelnisk, Xerson, Ternopolsk, Sumsk, Poltava, Nikolayev, Lvov viloyati rahbarlarini ishdan bo‘shatgan.

Bundan tashqari, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporojye, Karpat orti i Volinsk viloyatlari gubernatorlari iste’foga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina albatta NATOga kirishi, faqat bu masala referendumda ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.