Yana bir o‘zbekistonlik ayol rashkchi eri tomonidan do‘pposlanib, shifoxonaga tushdi

Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro rafiqasini yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Surxondaryo viloyatida ayol eri tomonidan kaltaklandi.

IIVning xabar qilishicha,  Oltinsoy tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro uyida rashk oqibatida 33 yoshli rafiqasini yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.

Ayovsiz kaltaklangan 10 kunlik kelin ishi yakunlanmoqda: zo‘ravon erga qanday jazo berildi?

“Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. R.J. qo‘lga olingan”, - deyilada xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

“Hech kim xabar olgani kelmadi”: bulung‘urlik kelinchakning kaltaklanish tafsilotlari – video

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Zuhra Umarova kelinligining o‘ninchi kunida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanishi O‘zbekistonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Kelinchakni hatto tuqqan onasi tanimagan.