Turistik politsiya xodimlari avvalombor rus tilini bilishi kerak - IIV

O‘zbekiston turistik politsiyasi xodimlari ham avvalombor rus tilida gapira olishi kerak, chunki MDHdan kelayotgan turistlarning aksariyati rus tilida gapiradi - IIV. 
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda Xavfsiz turizmni ta’minlash bulinmalari xodimlariga avvalo rus tilini bilish talabi qo‘yilmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga IIVning Xafvsiz turizmni ta’minlashnm muvofiklashtirish boshkarmasi boshligi Abdurashid Alisherov ma’lum kildi.

“MDH davlatlaridan kelayetgan turistlarni barchasi rus tilini bilishlari tufayli bizning xodimlarimiz avvalo rus tilini bilishlari kerak deb hisoblaymiz. Bu yurtimizga kelayetgan turistlarda xodimlarimiz xakida ijobiy imidjni shakllantirishga xizmat kiladi”, - dedi Alisherov jurnalistlarga.

Shuningdek, politsiya xodimlari butun dunyoda universal til hisoblangan - ingliz tilida ham gapirishni bilishi kerak. Turistlarda savol yoki muammo paydo bulgan hollarda, xodimlar ular bilan bemalol gaplashib muammoni tezda bartaraf etishga yordam beradi, deydi Xavfsiz turizm boshqarmasi boshlig‘i.

Toshkentda maxsus patrul guruhlari tashkil etildi

Ma’lumki, xitoylik turistlar soni ham  yildan yilga ko‘payib bormoqda. Kelajakda O‘zbekistonga kelayotgan Xitoylik sayyohlar oqimi oshishi kutilayotgani munosabati bilan, xitoy tilini biladigan xodimlarimiz sonini ham ko‘paytirish rejasi bor, deydi turistik politsiya boshlig‘i. 

Turizm politsiyasi boshkarmalarining asosiy vazifasi - turistlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish yordamga muxtoj sayyohlarga tezkor va sifatli yordam ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan, deydi Alisherov.