Nyu-Yorkda vertolot osmono‘par binolardan biriga kelib urildi – video

Nyu-Yorkda vertolot 54 qavatli bino tomiga kelib urildi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Nyu-Yorkda vertolot 54 qavatli bino tomiga kelib urildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Nyu-York yong‘in boshqarmasi xodimlari Manxettendagi 7-avenyuda, 787 manzilida. Vertolotning qattiq qo‘nishi”, - deyiladi idoraning Twitter᾽dagi xabarida.

CBS telekanalining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

​Binodan yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan. O‘t o‘chiruvchilar yuzaga kelgan yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.