TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.
Uchrashuv "Milliy" stadionda soat 18:30da boshlanadi. O‘zbekiston jamoasi FIFA᾽ning terma jamoalar reytingida 85-o‘rinni, Suriya esa 83-pog‘onani band etib turibdi.
Mazkur o‘yinni qirg‘izistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Safarda Turkiyaga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 7-iyun kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.