Toshkentda Sabantuy qanday o‘tdi

Tatar milliy bayrami Sabantuy Toshkentda qanday kutib olindi?
Sputnik

Toshkent markazidaga bog‘lardan birida tatar milliy bayrami – Sabantuy keng nishonlandi. Sputnik muxbiri ushbu bayramda bo‘lib videolavha tayyorladi.

Ushbu bayram Toshkentdagi tatar jamoatchilik madaniyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etildi. Tashkilotchilar bayram mehmonlarini, har doimgidek, to‘kin dasturxon va turli qiziqarli va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan ko‘ngillarini xush qilishdi.

Mehmonlarga, shuningdek, milliy uslubda yasalgan turli suvenirlar, amaliy san’at namunalari ham taklif qilindi. O‘smirlar va yoshlar o‘z kuchlarini arqon tortish, kurash, yog‘och ustida bellashuv va boshqa faol mashg‘ulotlarda sinab ko‘rishdi. Quvnoq ashula va raqslar esa 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har bir kishining ko‘nglini xush qildi.