Si Szinpin davlat tashrifi bilan Bishkek va Dushanbega kelmoqda

Si Szinpin 12 – 16-iyun kunlari Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyuradi.  
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin 12-16 iyun kunlari Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyurib Shanxay hamkorligi tashkiloti sammitida ishtirok etadi, deb xabar qildi Xitoy TIVi, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hamda Tojikiston prezidenti Emomal Raxmon taklifiga asosan XXR rasi Si Szinpin 12-16 iyun kunlari ushbu ikki respublikaga davlat tashrifi bilan keladi. Shuningdek u Bishkekda bo‘lib o‘tadigan 19 - ShHT yetakchilari uchrashuvi hamda Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan  5 - Osiyo mamlakatlarining o‘zaro hamkorlik va ishonch kengashi (SVMDA) majlisida ishtirok etadi”, - dedi Xitoy tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Chjan Xanxuey.

Xitoy vazirining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda hamda “bitta belbog‘ bitta yo‘l” strategiyasini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Ma’lumot uchun ShHT – 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib bugungi kunda unga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kiradi. 2017-yilning 9-iyunida Ostonada bo‘lib o‘tgan majlisda tashkilotga Hindiston va Pokistonni ham qabul qilish haqida kelishib olingan edi. Tashkilot bilan shuningdek, Afg‘oniston, Belorussiya, Eron i Mo‘g‘uliston – kuzatuvchi, Ozayerbaydjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – hamkor maqomiga egadir.