ShHTning navbatdagi sammitida xavfsizlik va rivojlanish – asosiy mavzu bo‘ladi

13-14 iyunda Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida Xitoy bir necha tashabbus bilan chiqmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Xavfsizlik masalasi Bishkekda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti kun tartibining asosiy masalasiga aylanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xitoy tashqi ishlari vazirligiga asosan.

“Xavfsizlik va rivojlanish masalalari sammitning eng asosiy masalalaridan biri bo‘ladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda ShHT doirasida amalga oshirilgan hamkorlikni tahlil qilish hamda yaqin kelajakka rejalar tuzish masalalari ham ko‘rib chiqiladi”, - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjan Xanxuey.

Xitoy diplomatining so‘lariga ko‘ra, ShHT sammitida Xitoy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda terrorchilikka qarshi kurash sohasida bir necha tashabbuslar bilan chiqadi.

Si Szinpin davlat tashrifi bilan Bishkek va Dushanbega kelmoqda

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftaning 13-14 iyun kunlari Bishkekda ShHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ShHT a’zolari bo‘lgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etadi. Shuningdek Hindiston va Pokiston bosh vazirlari ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun ayni damda Afg‘oniston, Belorussiya, Eron i Mo‘g‘uliston – ShHTda kuzatuvchi, Ozayerbaydjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – hamkor maqomiga egadir.